Saudiya Arabistonida ötayotgan ösmirlar örtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

1-turda Tailandni yirik hisobda yenggan Özbekiston bu safar Xitoyga qarşi maydonga tuşib, kambek amalga oşirdi — 2:1. Guruhdagi ikkinçi öyinda esa mezbon Saudiya Arabistoni Tailandni 3:1 hisobida mağlub etdi.

Bu natijadan söng Özbekiston ösmirlar milliy jamoasi saudiyaliklar bilan birgalikda Osiyoda birinçilardan bölib JÇ yöllanmasiga ega çiqdi. Şuningdek, Islom Ismoilov şogirdlari Osiyo kubogining çorakfinaliga çiqiş masalasini ham ijobiy hal qildi.

Özbekiston ösmirlar jamoasi navbatdagi uçraşuvini 9 aprel kuni soat 22:15 da Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi.

17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi Osiyo kubogi har ikki yilda bir marta ötkaziladi va 3–27 noyabr kunlari Qatarda bölib ötadigan U–17 Jahon çempionatiga saralaş turniri hisoblanadi.

Guruhlarda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar musobaqaning çorakfinaliga yöl oladi va mundial yöllanmasini qölga kiritadi.

Islom Ismoilov Xitoyga qarşi öyindan söng öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. 

«Endi Saudiya Arabistoni va Tailand örtasidagi öyin natijasini kutyapmiz. Katta ehtimol bilan keyingi bosqiçga çiqdik deb öylaymiz. Xitoy biz albatta yengişimiz kerak bölgan jamoalardan biri edi. Futbolçilarga ortiqça bosim tuşmasligi uçun sönggi uç kun davomida ular bilan doimiy suhbatlar olib bordik. Baribir bu Jahon çempionatiga yöllanma beradigan turnir bölgani uçun hissiyotlar kuçli böladi. Muxlislar va rahbariyat işonçini oqlaganimizdan xursandmiz.

Birinçi bölimda raqibning qarşi hujumi natijasida gol ötkazib yubordik. Tanaffusda yigitlarga öyinimiz yaxşi ketayotganini aytdik va ularning ruhiyatini kötarişga harakat qildik.

Biz Xitoy jamoasining 60-daqiqalardan söng ötiş fazalarida muammolarga duç kelişini oldindan örgangan edik. Kutilganidek, ular çarçay boşladi va biz aynan şu pallada öz imkoniyatimizdan foydalandik. Keyingi öyinda ham ğalaba uçun maydonga tuşamiz, kuç tejaş niyatimiz yöq», — deya Ismoilovning sözlarini keltiradi UFA matbuot xizmati.