Suriyada Başar Asad rejimi qulaganidan keyin kimyoviy qurollarni saqlaşga möljallangan 100 dan ortiq obektlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda Kimyoviy qurollarni taqiqlaş taşkiloti (KQTT) ma’lumotlariga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Taşqi tadqiqotçilar, notijoriy guruhlar va razvedka tomonidan qölga kiritilgan ma’lumotlarga köra, Suriyada fuqarolik uruşi vaqtida isyonçilar hamda tinç aholiga qarşi foydanailgan kimyoviy qurol omborlari hali ham mavjud.

Ta’kidlanişiça, Başar Asad rejimi tarkibida zarin, xlor va iprit kabi zaharli moddalar mavjud qurollardan foydalangan. Uruşning dastlabki yilida hukumat kimyoviy qurollar işlab çiqariş va saqlaş böyiça 27 ta obekt borligini tan olgan. KQTT ekspertlari mazkur obektlarni közdan keçirib, ularni yopiş böyiça körsatma bergan.

Ma’lumotlarga köra, sobiq rejim kimyoviy qurollardan kamida 2018 yilga qadar foydalanib kelgan. Bundan taşqari, Asad hukumati asosiy kimyoviy vositalarni import qiliş bilan ham şuğullangan. Kimyoviy qurollar saqlanadigan ayrim omborlar sun’iy yöldoşlar yormida topib bölmasligi uçun ğorlar yoki boşqa joylarga yaşirilgani taxmin qilinmoqda.

«Ekspertlar jangarilar guruhlari kimyoviy qurol işlab çiqariladigan bu kabi qöriqlanişi yomon bölgan obektlarni qölga kiritişi mumkinligidan xavotirda», — deyiladi xabarda.

Suriya Mudofaa vazirligi ötgan oy Başar Asad rejimi tarafdorlariga qarşi operatsiya yakunlanganini ma’lum qilgandi. Töqnaşuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok böldi, ularning aksariyati tinç aholi. 

Başar Asad 2024 yil dekabr oyida isyonçilarning tezkor hujumidan söng Suriyani tark etgan. Ikki haftadan kam davom etgan janglardan söng Hay’at Tahrir aş-Şom harakati vakillari Damaşqni egalladi va bu Asad rejimining qulaşiga olib keldi. Keyinçalik Suriyaning sobiq prezidenti va uning oila a’zolari Rossiyadan boşpana topgani ma’lum böldi.