Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun sabablar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin
Hukumatning “Prezidentning "Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zgartirishlar tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda milliy va xorijiy valutada bank hisobvaraqlarini ochish tartib-taomillariga daxl qiladi.
Shuningdek, Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagi asoslar bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda:
- yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning BHMning 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
- ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi.
Shuningdek, Tadbirkorlik sub'yektlari yagona davlat reyestridan ma'lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
15:01 / 10.11.2025