Davlat tashkilotlarining qisqarishi budjet xarajatlarini qanchaga kamaytiradi?
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Ushbu mablag‘larning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Xalqaro press-klub sessiyasida ma’muriy o‘zgarishlardan keyin qancha miqdorda budjet mablag‘lari iqtisod qilinishi haqida ma’lumot berdi.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Jumladan, 2,4 trln so‘m vazirlik va idoralar shtat birliklarini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga, tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo‘shagan 300dan ortiq binolarni sotishdan 300 mlrd so‘m mablag‘ budjetga tushadi. Rahbar lavozimi qisqarishi tufayli 55ta avtomashinani auksionda sotishdan 16,5 mlrd so‘m, hududlarga xizmat safarlarini kamaytirish, onlayn qabul tizimini qo‘llash hisobiga esa qariyb 17 mlrd so‘m mablag‘ tejalishi kutilmoqda. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 22 mlrd so‘m iqtisod qilinadi. Rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha maksimal narxlarni o‘z ichiga oluvchi me’yorlarni belgilash orqali xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 18 mlrd so‘m tejalishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi», - dedi Odilbek Isoqov.
Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekistonning ma’muriy islohotlari” deb atalgan o‘zgarishlar natijasida vazirliklar soni 25 tadan 21 taga kamaydi. Agentliklar, qo‘mitalar va inspeksiyalarning aksariyati saqlanib qoldi, lekin mustaqilligidan ayrilib, vazirliklar tarkibiga o‘tkazildi. Jami 9 ta agentlik va 3 ta idora yopildi.
Mavzuga oid

16:07 / 24.03.2025
Ertaga barcha davlat tashkilotlarida bir soatga “svet” o‘chiriladi

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025