O‘zbekiston | 14:20
489
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi

2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlarini jamg‘armalar o‘rtasida taqsimlashning yangi miqdorlari joriy etiladi. Shu bilan birga, ayrim mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summalarga cheklov belgilanmoqda.

Tegishli qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

Budjet tashkilotlari bo‘yicha:

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;
  • Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
  • O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz.

Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;
  • Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
  • O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

Shuningdek, hujjatda 2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilandi:

  • uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari, shu jumladan ommaviy baholashdan o‘tkazilgan obektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;
  • uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari joylashgan yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.

Mavzuga oid