Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik yoki o‘g‘rilik uchun ozodlikdan mahrum qilish 5 yildan 8 yilgacha etib qat’iy belgilanadi
Senat o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Foto: RBC/TASS
Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Tashuvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 7 oyi davomida bank plastik kartalaridan pul mablag‘lari firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilingani holati yuzasidan jami 1 812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bugungi kunda ushbu huquqbuzarlik Jinoyat kodeksi firibgarlik, o‘g‘rilik deb nomlangan 168-, 169-moddalari bilan tasniflanmoqda. Ayni paytda, ushbu moddalarda belgilangan jazo aybdorlar chin dildan pushaymon bo‘lib, bu yo‘ldan qaytishi, axloqan tuzalish yo‘liga kirishi uchun yetarli emasligi ma’lum bo‘lmoqda.
Qonun bilan bunday turdagi jinoyatlar uchun jazo og‘irlashtirilmoqda. Endilikda axborot tizimlariga noqonuniy kirib va ulardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati uchun bazaviy hisoblash miqdori 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima to‘lanadi. Hozir bu miqdor 100 dan 300 gacha.
Amaldagi normaga ko‘ra ushbu jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan bo‘lsa, endilikda bu muddat 5 yildan 8 yilgacha etib qat’iy belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik qilish, tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi norma ham kiritilmoqda.
Shikast yetkazish uchun belgilanayotgan miqdorlar, ya’ni oz miqdor va ko‘p bo‘lmagan miqdor tushunchalari kiritilib, unga ko‘ra, oz miqdorda deganda bazaviy hisoblash miqdori 30 baravarigacha, ko‘p bo‘lmagan miqdorda deganda bazaviy hisoblash miqdori 100 baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushunilishi ko‘rsatilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.05.2026
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:00 / 28.04.2026