Propiska tizimi raqamlashtiriladi
2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida «yagona darcha» tamoyili asosida propiska tizimini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu – prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan farmonda aks etgan.
Farmon bilan 2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda «yagona darcha» tamoyili asosida propiska tizimini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq harakatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali «Yagona darcha» tamoyili asosida «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirish belgilanmoqda.
Mas'ul idoralarga ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan hujjatlarni raqamlashtirish, elektron bazalarni yaratish va ularni «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilish bo‘yicha qator topshiriqlar berilmoqda. Masalan:
– jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini yaratish;
– fuqaroning harbiy hisobga onlayn tarzda qabul qilish va chiqarish tizimini joriy etish;
– vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasini yaratish.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatda turish tartibini ichki ishlar organlariga bormasdan turib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish mexanizmi joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, arizachi o‘ziga qulay va yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga borib, shu kunning o‘zida doimiy ro‘yxatni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilmoqda.
Buning natijasida o‘rtacha 3 kun vaqt talab qiladigan hujjatlarni yig‘ish va idoralar o‘rtasidagi ovoragarchiliklarga barham beriladi. «Yagona darcha» tamoyilining kiritilishi natijasida ichki ishlar organlariga 1 marta (oldin 2 marta) boriladi, mudofaa (oldin 2 marta) hamda kadastr (oldin 1 marta) bo‘limlariga borishga esa umuman zarurat bo‘lmaydi. Ro‘yxatga olishning elektron tizimi yaratiladi va idoralarning tegishli elektron bazalari shakllanadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi

11:23 / 11.03.2024
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi o‘zgarishi mumkin

14:36 / 04.07.2023