Amerika Qöşma Ştatlari Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, elçi Serjio Gor yangi taşkil etilgan AQŞ-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining hamraisi sifatida işlaydi. Bu haqda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi xabar berdi.
«Bu Markaziy Osiyoda "Amerika birinçi" iqtisodiy dasturini ilgari suriş hamda amerikalik işçilar, innovatorlar va biznes uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölidagi muhim qadamdir.
Elçi Gor Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan birgalikda uşbu kengaşda AQŞ iştirokini boşqarib boradi. Uning faoliyati prezident Trampning Amerikaning iqtisodiy yetakçiligini mustahkamlaş, AQŞ kompaniyalari uçun imkoniyatlarni kengaytiriş va xorijdagi hamkorlik Amerika xalqiga haqiqiy foyda keltirişini ta’minlaşga bölgan intilişini aks ettiradi.
Kengaş AQŞ va Özbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytiriş, AQŞ texnologiyalari va iste’dodlari uçun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa IT va raqamli innovatsiyalarni yölga qöyiş hamda AQŞ eksportçilari uçun teng raqobat muhitini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi.
Prezident Mirziyoyevning 4-6 noyabr kunlari bölib ötgan C5+1 sammiti doirasida Vaşingtonga taşrifi AQŞ-Özbekiston özaro munosabatlarida kuçli dinamikani namoyiş etdi. Yangi işbilarmonlik va investitsiya kengaşi uşbu muvaffaqiyatni mustahkamlagan holda, strategik iqtisodiy hamkorlik orqali Amerikaning yanada kuçli, xavfsiz va farovon ösişini ta’minlaşga yordam beradi», – deyiladi xabarda.
Noyabr oyida prezident farmoniga muvofiq, AQŞ tomoni bilan hamraislikda Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi tuzilgandi. Kengaş strategik biznes taşabbuslarini muvofiqlaştiriş, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ilgari suriş hamda monitoring qiliş bilan şuğullanadi.












