Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Moskva energetika instituti» milliy tadqiqot universiteti filiali ochiladi
Foto: Wikipedia
Poytaxtimizda Rossiya Federatsiyasining yana bir universiteti filiali ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Toshkent shahrida «MEI» milliy tadqiqot universiteti» federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
«Moskva energetika instituti» («MEI») milliy tadqiqot universiteti filiali respublikamizning energetika tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ochilmoqda.
«MEI» MTU filiali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ladi:
- mamlakatimiz energetika tarmog‘i uchun ta'lim dasturlari va oliy ta'lim sifatiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
- zamonaviy ta'lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlarini tatbiq etish, o‘quv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
- energetika, elektrotexnika, issiqlik texnikasi sohasida fundamental, amaliy ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, elektr jihozlari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, elektr energetikasi tizimlarining tejamkorligi, ishonchliligi va barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ilm-fan va ta'lim sifatini, uzluksizligi va uzviyligini oshirish, jahon ta'limi va ilmiy hamjamiyatiga maqsadli integratsiyalashuv orqali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta'lim, ilmiy-tadqiqot va sanoat ishlab chiqarish faoliyatining uzviy integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash;
- shartnoma asosida energetika tarmog‘i tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olgan va kelishilgan holda talab yuqori bo‘lgan bakalavriat ta'limi yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Filialda ta'lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta'lim dasturlari asosida Rossiya Federatsiyasining federal ta'lim standartlariga muvofiq rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham amalga oshiriladi;
Filialning ta'lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi;
Davlat granti asosida ta'lim olgan Filial bitiruvchilari Vasiylik kengashi tomonidan besh yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish uchun respublika energetika tarmog‘i tashkilotlariga taqsimlanadi;
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G‘olib ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Olmazor politexnika va standartlashtirish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tutash hududi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga beriladi;
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish-3 manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bino va inshootlari tutash hududi bilan birga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga beriladi va keyinchalik ushbu joyda Filial bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
16:15 / 13.12.2025
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
17:58 / 26.11.2025