Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
Bunday qoida patentni birinchi marta olayotganlar va faqat jismoniy shaxslar qo‘lida shaxsiy ehtiyoji uchun ishlayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Foto: Global Look Press/Ilya Moskovets
Qonun loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha Bosh komissiya «Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi, unga ko‘ra mehnat migrantlari, agar ularning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa, patent ololmaydi yoki patentni uzaytirolmaydi. Bu haqda komissiya yig‘ilishi materiallarida aytilgan, ular bilan TASS tanishib chiqdi.
«Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari o‘zini va Rossiyada yashovchi va qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini yashash minimumining mintaqaviy koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan miqdordan kam bo‘lmagan darajada ta’minlashi shart», deyiladi komissiya materiallarida. Bunday qoida patentni birinchi marta olayotganlar va faqat jismoniy shaxslar qo‘lida shaxsiy ehtiyoji uchun ishlayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Rossiyada yashash minimumi - bu bir oy davomida inson hayoti uchun minimal zarur deb hisoblangan pul miqdori. U federal va mintaqaviy bo‘ladi va hududlarga qarab farq qiladi.
Misol uchun, 2026 yil federal darajadagi yashash minimumi miqdori:
- aholi jon boshiga - oyiga taxminan 18 939 rubl;
- mehnatga layoqatlilar uchun ≈ 20 644 rubl;
- pensionerlar uchun ≈ 16 288 rubl;
- bolalar uchun ≈ 18 371 rubl.
Mavzuga oid
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
09:57 / 02.04.2026