O‘zbekiston | 09:27 / 31.01.2018
12454
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xorijiy fuqarolarga ham tatbiq etiladimi?

SAVOL: Men chet el fuqarosiman. O‘zbekistonga ko‘chib keldim va bu yerda ishlamoqchiman. Ayting-chi, menga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qoidalalari tatbiq etiladimi?

O.Ishpulatov

JAVOB: Mehnat kodeksining 11-moddasiga muvofiq, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

 

Mavzuga oid