“Iqlimi issiq davlatlarda ommaviy ogohlantiriş berilganda qöllanadigan huquqiy hujjatlar mavjud. Bunday hujjat bizdayam şakllantirilyapti. Hozirda yangilaniş va töldiriş işlari olib borilyapti. Tegişli tartibda şakllantirilib, Adliya vazirligidan huquqiy xulosa olingan holda, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi”, – dedi “Özgidromet” rahbari örinbosari Feruz Safarov 8 iyul kungi matbuot anjumanida.
Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrulla Ğafforov Mehnat kodeksining yangi tahririda noqulay ob-havo şaroiti yuzasidan yangi tartib-qoidalar kiritilayotganini aytdi.
“Oliy Majlis Qonunçilik palatasida hozirda 2-öqişda tayyorlanayotgan Mehnat kodeksi bor. Bu kodeksda bevosita noqulay ob-havo şaroitida işlaş bilan boğliq normalar kiritilyapti. Anomal issiqlik holatlarida yengilliklar berilişi şu qonun bilan qamrab olinadi”, – deya deputatning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Kun.uz ayrim soha xodimlarining anomal issiqda mehnat qilayotganliklari, bunday noqulay şaroitda işlaş tartibiga qonunçilikda uzil-kesil oydinlik kiritilmagani haqida maqolalar e'lon qilgan edi.
Salkam 50 daraja issiqda işlayotgan vatandoşlar: ular huquqiy himoyaga muhtoj
Xodimlarga anomal issiqda kamroq vaqt işlaş huquqini beriş kerak












