Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi - XTV
Respublika komissiyasi, Xalq ta'limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.
Foto: KUN.UZ
Xalq ta'limi vazirligi ba'zi ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Respublika komissiyasi, Xalq ta'limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma'lum qiladi.
Shu o‘rinda, o‘quvchilarga “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:42 / 16.09.2025
Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi
18:11 / 15.09.2025