Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB Whatsapp messenjeri orqali tarqalayotgan xavfli o‘yin haqida ogohlantirdi
Foto: Anti-Spam Info
Whatsapp messenjeri orqali inson ruhiyati uchun xavfli bo‘lgan Momo o‘yini tarqalmoqda va u bir necha mamlakatlarni qamrab olgan. Meksikaning Tabasko shtati Bosh prokuraturasi bu haqda ogohlantirish bilan murojaat qilgan, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
“Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 12 yoshli qizaloq o‘z joniga qasd qilgandan keyin ushbu o‘yinning inson ruhiyatiga salbiy ta'siri haqida jiddiy gapirila boshlandi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan politsiya xodimlari o‘smirning telefonida Momo o‘yini borligini aniqlashgan”, - deyiladi xabarda.
Xorijiy saytlarning yozishicha, o‘yin yaratuvchilari o‘z mijozlarini avval ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan izlab topadi. Shundan so‘ng, o‘smirlarga qo‘rqinchli fotosuratlar va zo‘rlash sahnalari bo‘lgan videotasvirlar yuboradilar va sekin-asta turli buyruqlarni bajarishni talab qila boshlaydilar, mijozga oid turli ma'lumotlarni yuborishni so‘raydilar. Agar mijoz rad etadigan bo‘lsa, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish yo‘liga o‘tadilar.
Toshkent shahar IIBB ota-onalar va bolalarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan hamda messenjerdagi kontaktlar orasida Momo paydo bo‘lib qolsa, uni darhol bloklashni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
17:49 / 08.01.2026
Sirdaryoda tadbirkorlar mulki sud qarorisiz buzilmoqda. Shikoyatchilar bilan IIB “shug‘ullanyapti”
14:55 / 01.01.2026
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi
09:00 / 28.12.2025