Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftasiga 1 million. Runi «Manchester Yunayted»dan ketadi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi transferlar darichasi yopilguniga qadar Xitoy klublaridan biriga o‘tadi.
Daily Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi takliflardan birini qabul qilgan. U jamoa o‘zini saqlab qolishga harakat qilmayotgani tufayli shunday qarorga kelgan. Jamoa futbolchining agenti Pol Stretfordga transferga tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat bergan.
Endilikda Runi dunyoning eng ko‘p maosh to‘lanuvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda, unga haftasiga 1 million yevro berishmoqchi.
Runi joriy mavsumda Angliya chempionatida 17 uchrashuv o‘tkazdi va ikki gol urib, 5ta golga uzatma berdi. Uning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yoziga qadar edi.
Mourino: Runi mavsumni «MYu»da yakunlashiga kafolat bera olmayman
Mavzuga oid
15:54 / 08.11.2025
«MYu» «Tottenhem»ga qarshi, Italiyada derbi, «Barselona»da yana qiyin safar. Kun o‘yinlari anonsi
11:18 / 06.01.2025
«MYu» uyg‘ondi va «Liverpul»ga kurash taklif qildi
15:54 / 15.01.2024
«MYu» hujumchilari gol ura boshladi, Ispaniyada peshqadam ochko yo‘qotdi. Yevropada kun o‘yinlari
15:36 / 08.05.2023