Angliya: «Liverpul» uçun foydali kun
APL. 35-tur
Nyukasl – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 14 Edegor, 0:2 – 71, avtogol Şer.
Nyukasl – Poup, Tripper, Şer, Botman, Bern (Targett, 82), Bruno Gimaraes, Uillok (Sen-Maksimen, 78), Merfi (Almiron, 65), Joelinton (Anderson, 81), Uilson (Gordon, 78), Isak.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Zinçenko (Tirni, 61), Jaka, Jorjino, Edegor (Parti, 80), Saka (Nelson, 87), Martinelli (Trossar, 80), Gabriel Jyezus (Nketia, 87).
Angliyada turnir jadvalining ikkinçi va uçinçi poğonalarida joylaşgan jamoalar örtasidagi turning markaziy öyini hal qiluvçi ahamiyatga ega edi. Ayniqsa «Nyukasl» uçun. «Arsenal» «Mançester Siti» endi çempionlikni boy berişidan umid qilişi — fantastika. «Qarğalar» esa qolgan öyinlar natijalariga köra Çempionlar ligasi orzulari bilan xayrlaşişiga töğri kelişi ham heç gap emas. Sönggi vaqtlarda «Liverpul» yuqori tezlik olgan va ğalabali seriya qayd etib kelmoqda.
Va birinçi bölim barça kutilmalarni oqladi. Mezbonlar ilk daqiqalardan londonliklar darvozasini qamal qilişdi, Merfining zarbasi tösinga tegdi, Ramsdeyl qahramonlik körsatişiga töğri keldi, 10-daqiqada esa boş hakam Kivior töpni qöli bilan öynagan deb topib, mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Ammo videotakrordan keyin töp avval himoyaçining oyoğiga borgani va u qölini olib qoçgani ayon böldi.

Şu töxtaliş öyinni sovutdi va mezbonlarning qattiq bosimini yengişda yordam berdi.
Mezbonlar, jumladan sobiq «kanonir» Uillok ham qator vaziyatlardan foydalana olmagan bölsa, Edegor öz uslubida jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan Poupni ojiz qoldirdi. Norvegiyalik futbolçi «Çelsi» bilan öyindagi natijasini takrorlab, «Sent-Jyeyms Park» stadionida ham dubl qayd etişi mumkin edi. Ammo birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar oxirida Poup uning yaqin masofadan yöllagan zarbasini oyoqlari uçi bilan tösib qoldi.

Lekin birgina aniq zarba «Arsenal» safida çempionatning bir mavsumida kamida 15 gol urgan yarimhimoyaçilar soni ikki nafarga yetişi uçun yetarli böldi. Biroz avvalroq Gabriel Martinelli bu natijaga erişgandi. Edegorning goli esa ğalaba uçun yetarli bölmasligi mumkin edi. Sardor hisob 1:0 ekanida jarima maydoni içida zarba berişga çoğlangan Uillokning oyoği ostidan töpni olib qöygan Çakadan va köp ötmay qarşi hujumda Şerni avtogol urişga majbur qilgan Martinellidan minnatdor bölişi kerak. «Arsenal» hamon çempionlik poygasida qolmoqda va qolgan turlarda «Siti» oçko yöqotişidan umid qiladi.
Vest Hem – Mançester Yunayted 1:0
Gol: 1:0 – 27 Benrahma.
Vest Xem – Fabianski, Kerer, Ogbonna, Agerd, Kressuell, Souçek, Rays, Lukas Paketa, Benrahma (Fornals, 87), Bouen, Antonio.
Mançester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 87), Şou, Lindelyof, Malasia (Fred, 88), Eriksen (Zabitser, 74), Kazemiro, Brunu Fernandeş, Antoni (Sanço, 74), Veghorst (Marsiyal, 57), Reşford.
Ogohlantirişlar: Malasia (36), Uan-Bissaka (64).
Yakunlangan hafta «MYu» uçun öta muvaffaqiyatsiz keçdi, jamoa uç kun farqi bilan ikki öyinda mağlubiyatga uçradi. Avvaliga «Brayton»ga qarşi öyinda qöşib berilgan töqqizinçi daqiqada penaltidan gol ötkazib yuborilgandi (0:1), endi esa De Xea yana bir bor «qizil iblislar»ni uyaltirib qöydi. Ispaniyalik darvozabon Benrahmaning u qadar kuçli bölmagan zarbasini uşlab ololmadi va mavsumda törtinçi bor golga olib kelgan xatoga yöl qöydi.
Bu gol Devid Moyyes sobiq jamoasini 11 yil içida ilk bor yengişi uçun yetarli böldi, bungaça qatorasiga uç öyinda yutqazgan «Vest Hem» xavfli hududdan uzoqlaşib oldi (+7). Turnir jadvalining quyi qismidagi kuraş Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi törtlik uçun kuraşdan köra qizğinroq keçmoqda. Endi «Nyukasl» va «MYu» zaxirada öyinga ega bölgan holda «Liverpul»ni mos ravişda uç va bir oçkoga ortda qoldirmoqda.


Italiya: «Yuventus» ikkinçi öringa çiqib oldi, Osimhen Veadan özib ketdi
A Seriya. 34-tur
Atalanta – Yuventus 0:2
Gollar: 0:1 – 56, Ayling, 0:2 – 90+8, Vlahoviç
Atalanta – Sportello, Dzappakosta, Toloi, Jimşiti, Skalvini, Mele, de Ron, Paşaliç (Muriel, 60), Kopmeyners, Ederson (Boga, 49; Soppi, 65), Sapata.
Yuventus – Şçensni, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Kuadrado, Di Mariya (Kiyeza, 82), Rabio, Lokatelli, Fajoli (Pogba, 65), Milik (Vlahoviç, 65), Ayling (Kostiç, 82).
Ogohlantirişlar: Rabio (62), Mele (90).
Milan va Rim Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun özaro kuraşga kirişgan mahalda, «Yuventus» ikkinçi öringa kötarilib oldi. Bergamodagi öyinning birinçi bölimida sabr qilib, raqib hujumlarini qaytargan turinliklar ikkinçi bölimda öz maqsadiga erişdi va sönggi vaqtlarda öyinni taşlab yuborgan «Latsio»ni ortda qoldirişga muvaffaq böldi. «Atalanta» kuçli bosim uyuştirdi va köp hujumlar zarba bilan yakunlandi, ammo haqqoniy golli vaziyat yuzaga kelmadi.
Öz navbatida Massimiliano Allegri çap qanotni Ayling-Juniorga işonib xato qilmadi. Uşbu angliyalik ötgan mavsumda U-19 jamoasida yorqin öyin namoyiş etgan va 12 gol urgan. Endi esa asosiy jamoada gollar hisobini oçdi. E’tiborli tomoni - uşbu lateral golli hujumni qanotda raqibdan töpni olib qöygan holda özi boşlab bergandi.
Pogba esa öz imkoniyatidan foydalana olmadi. U ham, şeriklari ham raqib darvozabonini doğda qoldira olişmadi. Bunga javoban Şçensni xavfli jarima zarbasini qaytarişiga töğri keldi, Kopmaynersning zarbasi ustunga tegdi. Faqat sönggi daqiqalarda Kiyeza va Vlahoviç iştirokidagi hujumda urilgan gol öyinga sönggi nuqtani qöydi. Barça turnirlar doirasidagi 21-öyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda ğalaba qozongan «Yuve» bu borada top-5 ligalarda faqat «Barselona» (25) va «MYu»dan (23) ortda. «Atalanta» esa oçkolar böyiça «Milan»ga tenglaşib oliş imkoniyatini boy berdi.
Napoli – Fiorentina 1:0
Gol: 1:0 – 74, penalti Osimhen.
Aniq ijro etilmagan penalti, Osimhem, 48
Napoli – Gollini, Di Lorenso, Estigor, Kim Min Je, Olivera, Demme (Lobotka, 46), Zambo-Angissa, Elmaz (Dzerbin, 84), Losano (Kvaratsxeliya, 45), Raspadori (Zelinski, 46), Osimhen (Simeone, 78).
Fiorentina – Terraççano, Dodo (Venuti, 46), Igor Julio, Milenkoviç, Terziç, Bonaventura (Kastrovilli, 66), Dankan (Mandragora, 67), Amrabat (Kuame, 76), Gonsales, Sottil (Saponara, 76), Yoviç.
Neapol 33 yil içidagi ilk skudettoni nişonlaşda davom etmoqda va jamoa muxlislari sevimli jamoasidan çempion maqomidagi ilk öyinida yorqin öyin kutişga haqli edi. Nima bölganda ham avvalgi uik-endda «Salernitana» bilan öyinda ğalabani saqlab qolişga xalal bergan, Udinedagi öyinda hisobda ortda borişga majbur qilgan bosim endi yöq edi. Ammo jamoa oxirgi haftalarda juda köp kuç sarflab yuborgandi va yetakçilarning bir qismi zaxira örindiğida qoldirildi. Masalan, Kvaratsxeliya faqat Losano jarohat olgani tufayligina zaxira örindiğidan kötarildi.
Bir neça kundan keyin Konferensiyalar ligasi yarimfinalida öynaydigan «Fiorentina» esa birinçi bölimda mustahkamroq körindi. «Fialkilar» neapolliklarga taqdim etişi mumkin bölgan maksimum mehmondorçilik — çempionlik yölagi edi. Ammo jamoa baribir «Napoli»ning bayramini buzişni istamadi, ikkinçi bölim esa Osimhenning omad bilan personal qarama-qarşiligiga aylandi. Nigeriyalik futbolçining zarbasi darvozabondan ötganida ham gazonga çöpçib, tösinga bordi.
U hatto penaltidan gol urolmadi va Terraççano bilan duelni boy berdi. Ammo gazonga Xviçani yiqitişganida, Osimhen yana bir bor «nuqta»ga yaqinlaşdi. Uning ikkinçi urinişi muvaffaqiyatli çiqdi, ğalaba keltirdi va tarixiy ahamiyatga ega böldi. Bu nigeriyalik hujumçining 47-goli böldi va endi u afsonaviy Jorj Veani ortda qoldirgan holda, Italiya çempionatidagi eng sermahsul afrikalikka aylandi.

Germaniya: «Borussiya» avjiga çiqdi
Bundesliga. 31-tur
Borussiya D – Volfsburg 6:0
Gollar: 1:0 – 14 Adeyyemi, 2:0 – 28 Aller, 3:0 – 37 Malen, 4:0 – 54 Bellingem, 5:0 – 59 Adeyyemi, 6:0 – 86 Bellingem.
Borussiya D – Kobel, Hummels (Ozdjan, 63), Zyule, Ryuerson (Passlak, 76), Jan, Brandt, Bellingem, Volf, Malen (Roys, 62), Aller (Mukoko, 63), Adeyyemi (Reyna, 69).
Volfsburg – Kastels, Bornauv, van de Ven, Gilavogi (Paredes, 46), Baku (Fişer, 46), Kaminski (Kotssa, 65), Arnold, Svanberg (Gerhardt, 65), Nmeça, Vimmer, Vind (Marmuş, 65).
«Borussiya» çempionlik intrigasi tugab qolmasligi uçun barça işni qilmoqda. Adeyyemi ilk daqiqalardan «Volfsburg» himoyasini parokanda qilib taşladi. Böyi u qadar baland bölmagan hujumçi dastlab boşi bilan aniq zarba berdi. Keyin ajoyib qarşi hujum taşkillaştirdi, ammo barçasini sönggi pasni xato uzatgan Malen barbod qildi. Oqşom qahramoni bölgan yoş hujumçi esa niderlandiyalik jamoadoşiga saboq berib, Allerni ideal darajadagi golli uzatma bilan ta’minladi. Agar ötgan turda Bohumdagi öyinda ham u bölmaganida Dortmundning çempionlik uçun umidlari allaqaçon söngan bölardi.
Bu turda esa «asalarilar» öziga boğliq barça işni bajarişdi. Zarurat tuğilganida Kobel ham qutqardi. Xatosini tuzatgan Malen hisobni yirik körinişga keltirganida esa öyin taqdiri amalda hal böldi. Faqat yakuniy natija qanday köriniş olişini taxmin qiliş qolgandi. Amalda esa bu — «Volfsburg»ni kamsituvçi natijaga aylandi.
Adeyyemidan taşqari (2+1) dubl qayd etgan Bellingem va jamoadoşlariga uç bor assistentlik qilgan Brandtning öyinini e’tirof etiş mumkin. Hummels esa bundesligada sariq-qora formalilar safidagi 200-ğalabasini nişonladi. Undan köproq ğalabaga faqat klubning hozirgi sport direktori Mixael Tsork (206) erişgan.

Fransiya: intrigasiz liga
Liga 1. 34-tur
Trua – PSJ 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Mbappe, 0:2 – 59 Vitinya, 1:2 – 83 Şavaleren, 1:3 – 86 Fabian Ruis.
Trua – Gallon, Bruus (Balde, 68), Rami, Palmer-Braun, Bani-Zukru, Larusi (Yade, 81), Şavaleren, Agume (Kuame, 68), Balde, Odober, Ugbo (Roni Lopeş, 80).
PSJ – Donnarumma, Ramos, Markinos, Danilu Pereyra, Bernat, Zair-Emeri, Verratti (Sanşeş, 80), Fabian Ruis, Vitinya, Mbappe, Ekitik (Soler, 80).
Messining jamoadan çetlatilişi «PSJ»ning Truadagi yakşanba kungi öyiniga qiziqişni oşirdi. Qolaversa, birinçi davrada uşbu raqib «Park de Prens»da keçgan öyinda çempionning asablariga öynagan va bu öyinda ğalabaga erişiş uçun mezbonlar safidagi yulduzli trio a’zolarining har biri - Messi, Mbappe va Neymar gol urişi talab etilgandi (3:2).
Ammo yangi töqnaşuvda amalda heç qanday intriga röy bermadi va barçasini Mbappening tezkor goli hal qilib qöydi. Kilian bu bilan çeklanmasligi ham mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalanişda oqsadi. Ba’zi holatlarda unga aniqlik yetişmadi, ba’zi holatlarda darvozabon yaxşi turdi, lekin öyin oxirida Fabian Ruisning uzoqdan yöllagan zarbasidan keyin mezbonlar uzil-kesil taslim bölişdi. Bu gol bilan parijliklar hisob qisqarişiga tezda javob qaytarişgandi. Turnir jadvalida peşqadamlik hamon «PSJ»da va finişga tört tur qolganida ikkinçi örindagi «Lans» olti oçkoga ortda qoldirilgan.

Kun statistikasi
- Hujumçi Vahi «Monpele»ning Fransiya çempionatida poker qayd etgan 1-futbolçisi böldi. U joriy mavsumdagi gollari sonini 17 taga yetkazgan va bu boradagi 11 yil oldin Jiru tomonidan örnatilgan klub rekordiga yetiş uçun törtta gol qolgan.
- Liga 1 çempionatida 75 yil içida ilk bor bir öyinda ikki poker qayd etildi. «Monpele» va «Lion» örtasidagi öyinda (4:5) Vahidan taşqari Lyakazett ham tört gol urib, jamoasiga ğalaba keltirdi. Fransiyada sönggi bor bunday holat 1974 yilda «Reyms» — «Monako» (8:4) öyinida kuzatilgan, öşanda Byançi va Onnis törttadan gol urişgan.
- «Nant» qatorasiga 6 turda kamida ikkitadan gol ötkazdi. Bu noxuş seriya «kanareykalar» 1969 yildan buyon ilk bor oliy divizionni tark etişiga olib kelişi mumkin.
- APLning sönggi beş mavsumida «MYu» darvozaboni De Xea 11 marta golga olib keluvçi xatoga yöl qöygan. Bundan köproği faqat Pikfordda (13).
- 23 mavsumdan keyin «Groningen» yana Niderlandiya yuqori divizionini tark etadi.
- «Verona»ning A Seriyadagi ikki safar ğalabasi oraliği 372 kunni taşkil etdi.












