Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr sohasidagi davlat xizmatlari narxlari arzonlashtirildi – DXA
Davlat xizmatlari agentligining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 maydagi 306-sonli qarori bilan kadastr sohasidagi davlat xizmatlari narxlari arzonlashtirilgan.
Foto: Shutterstock
Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Sodiqovning ta'kidlashicha, agentlik davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini joriy qilishda xizmat ko‘rsatish muddatlari, talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish bilan birga, ular uchun belgilangan to‘lovlar miqdorini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda.
«Misol uchun, 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan noturar binoga kadastr hujjati rasmiylashtirish uchun shu kunga qadar 306 250 so‘m (BHMning 1,25 baravari) undirilgan bo‘lsa, endi 245 000 so‘m (BXMning 1 baravari) to‘lov to‘lanadi.
2020 yilda fuqarolarimizga 300 mingga yaqin kadastr pasportlari berilib, fuqaro va tadbirkorlardan 92 mlrd. so‘m to‘lov undirilgan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, undiriladigan to‘lovlar arzonlashtirilishi bilan, endilikda aholidan ushbu kadastr pasportlari uchun avval undirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha 20 mlrd. so‘m tejalishiga erishiladi.
Yana bir misol, eski tartibga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi o‘rtacha 75 kv.m. maydonli xonadon uchun 230 ming so‘m, 150 kv.m maydonli yakka tartibdagi
uy-joy uchun 460 ming so‘m to‘lov evaziga kadastr pasporti rasmiylashtirilgan bo‘lsa, endilikda ushbu xizmatlar uchun to‘lov mos ravishda 211 ming so‘m
va 422 ming so‘mni tashkil etmoqda», deya Ulug‘bek Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq sudlanganlik to‘g‘risida, nomida turar joy bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida, manzil-ma'lumot axborotlarini olish kabi davlat xizmatlaridan foydalanishda ham to‘lovlar arzonlashtirilgan edi.
Mavzuga oid
15:57 / 29.12.2025
Toshkentda kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
08:10 / 08.12.2025
Yer maydoni va kadastr hujjatlari uchun pora talab qilganlar qo‘lga olindi
21:17 / 18.09.2025
Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yer maydonini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
22:20 / 03.09.2025