Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj. Iroq Kurdistonida mustaqillik referendumi
25 sentabr kuni Iroq Kurdistonining mustaqil davlatga aylanishi yuzasidan referendum o‘tkazildi.
Referendumda 3,3 millionga yaqin kishi qatnashdi, bu saylovchilarning 72,16 foizi demakdir.
4 tildagi (sorani, arab, ossuriy, turkman) saylov byulletenida ovoz beruvchiga shunday savol qo‘yilgan edi: «Kurd mintaqasi va mintaqa ma'muriyati nazoratida bo‘lmagan kurd zonalari mustaqil davlat bo‘lishiga rozimisiz?».
Iroq Kurdistoni 4 viloyatdan iborat — Doxuk, Xavler, Sulaymoniy va Halabja. Bu hududlarda jami 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Umumiy maydoni — 40 ming kvadrat kilometr.
Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 282 mingta ovozlar hisoblab chiqilgan holatda 93 foiz kishi «ha» deya javob qaytargan.
Reuters agentligi saylov uchastkalaridagi jarayonlardan fotoreportaj uyushtirgan.




















Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026