Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada qirolni tahqirlagan reper 3,5 yilga qamaldi
Ispaniya Milliy sud hay'ati Valtonyc taxallusi bilan mashhur reper Xose Migel Arenas Beltranni 3,5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. U qirolni haqorat qilgani va terrorizmni qo‘llab-quvvatlagani uchun shunday jazoga loyiq topilgan. Bu haqda El Mundo gazetasi yozmoqda.
Sudyalarning xulosasiga ko‘ra, Valtonyc internet orqali erkin tarzda tarqalayotgan qo‘shiqlarida Basklar terrorchilik tashkiloti ETAning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u qirol va qirollik oilasini tahqirlaydi.
Milliy sud hay'ati fikricha, Konstitutsiya talablari haqida gap ketganda so‘z erkinligi cheklanadi. Shunga qaramay, reper sud qaroridan norozi bo‘lib, o‘z so‘zlarini inkor etish niyatida emas.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
09:32 / 28.01.2026
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
21:16 / 24.01.2026
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
12:34 / 23.01.2026