Renfe ma’lumotlariga köra, Kartaxena bilan taxminan yarim soatlik yölda joylaşgan Los-Netos aholi punkti örtasida poyezdlar harakati töxtatilgan. Kompaniya vakili kran temiryöl operatoriga tegişli emasligini ta’kidlagan.
Qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga köra, hodisa Alumbres aholi punktida sodir bölgan. Şu bilan birga, Renfe qayd etişiça, töqnaşuv şahar atrofi qatnoviga xizmat qiladigan poyezdning relsdan çiqib ketişiga olib kelmagan.
Ötgan yakşanba kuni mamlakat janubidagi Andalusiya mintaqasida, Adamus yaqinida tezyurar poyezd relsdan çiqib ketib, qarşi tomondan kelayotgan tarkib bilan töqnaşgan.
Hokimiyat ma’lumotlariga köra, öşa fojia oqibatida 43 kişi halok bölgan, önlab jabrlanganlar şifoxonaga yotqizilgan. Halokat yölning töğri qismida sodir bölgan, hodisa sabablari tergov qilinmoqda.
Seşanba kuni keçqurun Barselona yaqinida şahar atrofi qatnovi poyezdi yölga qulagan devorning yölda qolgan parçalari ustiga çiqib ketgan. Natijada Kataloniya şahar atrofi taşuvlari operatori Rodalies de Catalunya xodimlaridan biri halok bölgan, yana 37 nafar yölovçi jarohat olgan.
Ikki halokatli fojiadan söng Ispaniya maşinistlar kasaba uyuşmasi uç kunlik iş taşlaş e’lon qildi — u 9 fevraldan boşlanişi kutilmoqda. Lokomotiv brigadalari Ispaniya temiryöllarida xavfsizlik çoralarini kuçaytirişni talab qilmoqda.












