Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati tasdiqlanadi
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati tasdiqlanadi
Foto: LiveJournal
“Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Hujjat bilan Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida, tumanlar kesimida tasdiqlanadi.


Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati tasdiqlangan sanadan e'tiboran bir ish kuni ichida “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishini ta'minlaydi.
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Moliya bosh boshqarmasi Toshkent shahrida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali doimiy foydalanishga berish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan amalga oshirilishi ta'minlaydi.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026