Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Uçtepa tumani bölimi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda 3 nafar fuqaro Çilonzor tumani, 9-mavzedagi xonadonda yaşirin sex taşkil etgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, ular E.L. MÇJning tovar belgisidan foydalangan holda biologik faol qöşimçalar işlab çiqarayotgan bölgan. Tekşiruv davomida yaşirin sexdan 3 300 dona qalbaki biologik faol qöşimça hamda 3 420 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.