Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yetakchilari yagona moliya bozori konsepsiyasini tasdiqladi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchilari Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida yagona moliya bozori konsepsiyasini tasdiqladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, bu bilan "kapital va xizmatlarning erkin harakatlanishini ta'minlash uchun asos yaratildi".
Belarus rahbari shuningdek, bunday bozorning shakllanishi raqamlashtirish bilan birgalikda olib borilishi kerakligini ta'kidladi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a'zo hisoblanadi. Moldova tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Vetnam, Eron, Xitoy va Kuba tashkilot bilan erkin savdo zonasi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ittifoq bilan hamkorlik qilishga 50ga yaqin davlat qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid
07:52 / 11.12.2021
Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etdi
17:52 / 09.06.2021
Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining siyosiylashtirilishiga qarshi chiqdi
12:25 / 04.11.2019
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi «yangi Yevropa ittifoqi» bo‘la oladimi?
15:50 / 21.10.2019