Yiğiliş kun tartibidan YeOII makonida özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş va integratsiya jarayonlarini çuqurlaştiriş, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, bojxona ma'muriyatçiligi, raqamlaştiriş va boşqa yönalişlarda amaliy şeriklikni kengaytiriş masalalari örin oldi.
Özbekiston prezidenti qöşma qarorlar qabul qilişni taqozo etayotgan eng dolzarb vazifalarni körsatib ötdi.
Iqtisodiy aloqalarni barqaror rivojlantiriş uçun yondaşuvlarni yanada muvofiqlaştiriş zarurligini qayd etib, Özbekiston yetakçisi özaro savdoda tösiq va çeklovlarni bartaraf etiş muhim ekanini ta'kidladi. Şu munosabat bilan yurtimiz YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaşni köpaytiriş uçun eng qulay şaroitlar yaratiş borasidagi yondaşuv va mexanizmlarni birgalikda işlab çiqişga tayyorligi bildirildi.
Davlat rahbari sanoat kooperatsiyasini mustahkamlaşning dolzarb ahamiyatini yana bir bor ta'kidlab, bu borada, şu jumladan taşkilot doirasida industriallaştiriş onlayn xaritasini yaratişda iştirok etiş orqali hamkorlikni tizimli asosda yölga qöyiş taklifini ilgari surdi.
Prezident yangi transport yölaklarini yaratişga qaratilgan, mamlakatlar tranzit salohiyatini oşirişga xizmat qiladigan loyihalarni yanada faolroq ilgari surişga çaqirdi.

Özbekiston yuk taşişlarni kuzatiş uçun navigatsiya tamğalarini joriy qiliş dasturiga qöşilişi mumkinligi qayd etildi. YeOII logistika zanjirlarini rivojlantiriş raqamli ekotizimini yaratiş töğrisidagi taşabbus qöllab-quvvatlandi.
Iştirokçilarning e'tibori global iqlim kun tartibini hisobga olgan holda “yaşil” energetika loyihalarini amalga oşiriş borasidagi sa'y-harakatlarni birlaştiriş zarurligiga qaratildi. Şu munosabat bilan davlat rahbari Özbekiston yuqori darajadagi işçi guruhi faoliyatida iştirok etişga tayyor ekanini bildirdi hamda uning doirasida “yaşil” taraqqiyot sohasida çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaşni taklif etdi.
IT sohasida tajriba almaşiş va işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş muhimligi qayd etildi va şu munosabat bilan navbatdagi Yevrosiyo raqamli forumini Özbekistonda ötkaziş taşabbusi ilgari surildi.
Kuzatuvçi davlatlarni Yevrosiyo makonidagi dolzarb taşabbuslar va kooperatsiya dasturlarini amalga oşirişga yanada faol jalb etiş, şuningdek, ilmiy-texnik va gumanitar almaşinuvlarni rağbatlantiriş zarur ekani ta'kidlandi. Şu maqsadda davlat rahbari YeOII Taraqqiyot markazi imkoniyatlaridan foydalanişni hamda kuzatuvçi mamlakatlarning kengaş va YeIK organlari işida iştirok etişini taklif etdi.












