Serbiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan erkin savdo şartnomasini imzolaşidan bir neça kun oldin Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Belgradda bu xabarni ommaga oşkor qilgan edi. Tasodifni qarangki, bir neça hafta avval öxşaş vaziyat yuz berdi – Rossiya Federal Kengaşi raisasi Valentina Matviyenko Toşkentga qilgan taşrifi davomida Özbekiston YeOIIga kirişga tayyorgarlik körayotgani haqida aytib yubordi.

Munozaralarga sabab bölgan bu xabar köpçilikni öyga çömdirdi: Özbekiston YeOIIga a'zo bölişi kerakmi yoki yöq, buning foyda va zararlari nimalardan iborat? Köp mutaxassislar masalaga Özbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy holati va uning savdo munosabatlari nuqtai nazardan yondaşib, YeOIIga a'zolik hozirça maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga keldi. Lekin, negadir, YeOIIning içki iqtisodiy dinamikasi qanday, iqtisodiy institut sifatida kelajagi bormi, bu taşkilotni tuzişdan asl maqsad nima edi degan savollar oçiq qoldi. Keling, bu savollar ustidan biroz fikr yuritib köraylik. 

YeOIIdan közlangan maqsad

Bir qaraşda YeOII oldiga qöygan maqsadi jihatidan boşqa iqtisodiy ittifoqlardan köp farq qilmaydi: bojxona tariflarini qisqartiriş, erkin savdoni joriy qiliş, mahsulot, xizmatlar va işçi kuçi uçun yagona bozor taşkil qiliş orqali iqtisodiy integratsiyasini mustahkamlaş – taşkilotning e'lon qilingan maqsadlari. Ammo, afsuski, bu iqtisodiy maqsadlar uning asl mohiyatini töliq ma'noda oçib bera olmaydi. Buni ittifoqning içki savdo dinamikasida ham yaqqol körişimiz mumkin.     

Oddiy misol – YeOII bilan yaqinda erkin savdo şartnomasini imzolagan Serbiya. Bu davlatning Rossiya bilan savdo hajmi bor-yöği 10 foizni taşkil qiladi.