Qozoğiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining siyosiylaştirilişiga qarşi çiqmoqda. Mamlakat taşqi işlar vazirligining rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda Qozoğistonning bu masala xususidagi pozitsiyasi oçiqlangan.
Qozoğiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining siyosiylaştirilişiga qarşi çiqmoqda. Mamlakat taşqi işlar vazirligi özining rasmiy saytida bu masala yuzasidan bayonot berib, YeOII iqtisodiy hamkorlik uçun tuzilgan taşkilotligini va Qozoğiston bu taşkilotning siyosiylaştirilişiga qarşi ekanini ma'lum qilgan.
«2014 yil 29 mayda imzolangan «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi töğrisida»gi şartnomaga binoan mazkur taşkilotning maqsadi tovarlar, xizmatlar, kapital va işçi kuçining erkin harakatlanişini ta'minlaş hamda a'zo davlatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanişi orqali unda yaşayotgan xalqlarning farovonligini oşirişdir», deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, Qozoğiston YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlari faqat iqtisodiy xususiyatga ega, degan pozitsiyani qöllab-quvvatlaydi. Rasmiy Nur-Sulton taşkilotning siyosiylaştirişiga qarşi va bu masalada öz pozitsiyasini özgartirmoqçi emas.
Bayonotda Qozoğiston YeOII töğrisidagi şartnomani tartibga soliş mavzusidan taşqarida bölgan taşabbuslarni qöllamasligini ma'lum qilgan. Şuningdek, Ğarb sanksiyalari birinçi navbatda siyosiy motivlarga asoslangan va alohida davlatlarga qarşi qaratilgan, deb hisoblaşini bildirgan.
Qayd etilişiça, Qozoğiston boşqa davlatlarning sanksiyalariga javoban YeOIIga a'zo davlatlar «konsolidatsiyalangan çoralari» böyiça heç qanday muzokaralar olib bormayapti.
«Yevrosiyo integratsiyasidagi şeriklar bilan işlaşda biz faqat bunday sanksiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişimizga salbiy ta'sirining oldini oliş böyiça birgalikdagi harakatlar töğrisida gaplaşişimiz mumkin», deyiladi Qozoğiston TIV bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya taşqi işlar vazirining örinbosari Aleksandr Pankin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida YeOII taşkiloti doirasida Ğarb sanksiyalariga qarşi konsolidatsiya qilingan javob ustida iş olib borilayotganini aytgandi.











