18:53 / 17.01.2021
21213

Viloyat hokimlari grafik asosida ta'tilga chiqadi

O‘zbekistonda viloyatlar hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta'tilga chiqmoqda. Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, bu vaqtda rahbarlar profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Foto: Shutterstock

Ma'lum bo‘lishicha, hududlar rahbarlarining ta'til muddatlari Prezident Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan.

Hokimlardan tashqari, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari ham grafik asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev ham 4–11 yanvar kunlari ta'til olgandi.

12 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash maqsadida ta'tilga chiqqani ma'lum bo‘ldi. U ayni paytda ham Toshkent shahrida davolanmoqda.

17 yanvar kuni Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ham profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun qisqa ta'tilga chiqqani xabar qilindi.

Qonunchilikka muvofiq, viloyat hokimlari hukumatning Tibbiyot bosh boshqarmasida ro‘yxatda turadi. Ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida.

Mavzuga oid
Top