Sport | 16:41 / 26.01.2017
14028
1 daqiqa o‘qiladi

Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoyev «Buxoro»ni boshqaradigan bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ulug‘bek Baqoyev «Buxoro» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Baqoyev klubda terma jamoaning sobiq ustozi Vadim Abramov bilan birgalikda ishlaydi.Abramov jamoaga maslahatchi-murabbiy lavozimiga tayinlangan.

Katta murabbiy lavozimida Shuhrat Fayziyev ishlaydi. Darvozabonlarga esa Nurillo Habibov murabbiylik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vadim Abramov klub bosh murabbiyi bo‘lish taklifini rad qilgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid