O‘zbekiston | 18:23 / 08.08.2018
4826
3 daqiqa o‘qiladi

FHDYo xodimlarini martaba darajasi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Foto: fargona.adliya.uz

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish FHDYo bo‘limi xodimining navbatdagi attestatsiyadan o‘tishi deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan o‘tish muddatining uzaytirilishiga asos bo‘lmaydi.

FHDYo bo‘limi xodimlari martaba darajalari bo‘yicha attestatsiya qonuniylik, odillik, xolislik, beg‘arazlik va kollegiallik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

FHDYo bo‘limlari xodimlarining martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori buyrug‘iga asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladigan FHDYo bo‘limlari xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDYo bo‘limlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari tegishlicha Agentlikning Kadrlar bo‘limi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari bilan birgalikda tashkil etiladi. 

Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda tuman (shahar) hokimi tomonidan tegishli takliflar bilan attestatsiya o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

Tuman (shahar) hokimi taqdim etilgan taklifda keltirilgan ma'lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradi.

Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDYo bo‘limi xodimlarining attestatsiyasi tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida o‘tkaziladi.

Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishida martaba darajasiga tavsiya etish masalasi ma'lumot-tavsifnomada keltirilgan ish faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda FHDYo bo‘limi xodimining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.

Zarur hollarda, martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkazilishi mumkin.

Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

nomzodga martaba darajasi berish mumkinligi to‘g‘risida;
nomzodga martaba darajasi berish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida.

Mavzuga oid