Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
U har safar turmushga chiqqanidan keyin erining uyidagi qimmatbaho buyumlarni olib, qochib ketavergan.
Foto: The Economic Times
Hindistonda 23 yoshli Anuradhu Pasvan nikoh firibgarligida gumonlanib hibsga olindi. U yetti oy ichida turli shtatlarda 25 kishiga turmushga chiqqan, deb yozadi The Economic Times.
Ko‘plab firiblarga aloqador kelinni «jonli tuzoq» yordamida qo‘lga olishgan — politsiyachilardan biri yashirincha navbatdagi kuyov rolini o‘ynagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maishiy janjal tufayli eri bilan ajrashgan Pasvan boshqa shaharga ko‘chib o‘tgan va jinoiy to‘daga qo‘shilgan. U turli platformalar, masalan, WhatsAppʼdan foydalanib ish yuritadigan agentliklar orqali harakat qilgan. Bunday agentliklar erkaklarga kelin topishni va’da qiladi.
Pasvanning kelinlik hayoti quyidagicha kechgan: u navbatdagi erkakka turmushga chiqadi, to‘ydan bir necha kun o‘tib esa pullar, tillalar va elektronika buyumlarini olib, qochib ketadi.
Firibgarlik sxemasi 3 may kuni Vishnu Sharma ismli fuqaroning arizasidan keyin fosh etilgan. Pasvan unga 20 aprel kuni turmushga chiqqan va 2 may kuni erkakka tegishli qimmatbaho buyumlarni olib, uydan chiqib ketgan.
Mavzuga oid
14:01 / 19.01.2026
Budapeshtdagi elchixona firibgarlik qurboni bo‘lgan migrantlarga yordam berdi
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
14:02 / 14.01.2026