Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budapeshtdagi elchixona firibgarlik qurboni bo‘lgan migrantlarga yordam berdi
O‘zbekistonning Budapesht shahridagi elchixonasi xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha muntazam ishlar olib borayotganini ma’lum qildi. Xususan, Xorvatiyadan O‘zbekistonga qaytishda qiynalgan ikki nafar fuqaroga aviachipta olib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabar qilishicha, yaqinda O‘zbekiston fuqarolari A.A. va R.I. elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilib, vatanga qaytishda ko‘mak so‘ragan. Murojaatchilar bilan suhbat jarayonida ularni xususiy bandlik agentligi firibgarlik yo‘li bilan aldagani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ishga joylashish maqsadida chet elga chiqqan hamyurtlar keyinchalik firibgarlar tuzog‘iga tushganini anglab yetgan. Natijada ular ishsiz, pulsiz holatda qolib ketgan va O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta sotib olishga moliyaviy yordam so‘ragan.
Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda elchixona tomonidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. O‘tkazilgan surishtiruv va kelishuvlar natijasida Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan murojaatchilarga aviachiptalar sotib olinib, ularning vatanga qaytishi ta’minlangan.
Mavzuga oid
10:34 / 06.02.2026
Muhojir yoshlar qopqonga tushmoqda - ularga tuzoq qo‘yganlar soyada ovni davom ettirmoqda
15:09 / 05.02.2026
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
21:17 / 23.01.2026