Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hayvonot bog‘i chiptalari qimmatlashadi
Foto: Toshkent hayvonot bog‘i
Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi kattalar uchun 10 ming so‘mga, bolalar uchun esa – 6 ming so‘m etib belgilanmoqda. Bu haqda hayvonot bog‘i ma'muriyati xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkent hayvonot bog‘i kirish chiptalari narxi 2017 yil 1 iyundan o‘zgarishi hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob va ekzotik, qizil kitobga kiritilgan jonivorlarning ozuqa mahsulotlari, dori vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, kommunal to‘lovlari, ya'ni elektr energiya, suv va oqava, tabiiy gaz to‘lovlari 2014 yildan buyon bir necha marotaba oshganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017 yil 22 maydagi 01-11-08-1490 sonli xatiga asosan amalga oshirilgan.
2017 yilning 1 iyunidan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi quyidagicha ko‘rinish oladi:
- Nogironlar uchun - bepul;
- 7 yoshgacha bolalar uchun - bepul;
- Muddatli xarbiy xizmat o‘tayotganlar uchun - 6 000 so‘m;
- 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun - 6 000 so‘m;
- 16 yoshdan kattalar uchun - 10 000 so‘m;
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026