Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan Toşkent şahrida kattalar uçun xospis oçilişi böyiça poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, loyiha mahalliy budjet mablağlari hisobidan bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.

“Şu bilan birga, sönggi ikki yil içida obekt böyiça işlar sezilarli darajada jadallaştirildi, loyiha amaliy bosqiçga ötdi hamda quriliş va yakunlaşga tayyorgarlikning zarur sur’atlari ta’minlandi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Ma’lumot berilişiça, obektning umumiy maydoni 5,2 gektarni taşkil etadi va hozirda yakunlovçi quriliş-montaj va içki tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Ularni joriy oy oxirigaça töliq yakunlaş rejalaştirilgan.

Bugungi kunga qadar asosiy bino böyiça taşqi fasad işlari 100 foiz, içki pardozlaş, elektr-montaj, santexnika işlari, hududni obodonlaştiriş hamda suğoriş tizimi işlari esa 80 foiz bajarilgan.
Quriliş işlari yakunlangaç, muassasa bosqiçma-bosqiç mebel, santexnika jihozlari hamda zarur tibbiy buyum va uskunalar bilan ta’minlanadi.


















