Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bir oydan so‘ng Twitter bloklanishi mumkin
Rossiyada 10 martdan Twitter tarmog‘ining ishlash faoliyati tezligi sekinlashtirilgandi.
Foto: Vedomosti
Agarda taqiqlangan axborot o‘chirilmaydigan bo‘lsa, Rossiyada Twitter ijtimoiy tarmog‘i bir oydan so‘ng bloklanishi mumkin. Bu haqda Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Vadim Subbotin ma'lum qildi.
«Biz bir oyni belgiladik va Twitter kompaniyasining taqiqlangan axborotni o‘chirish masalasi bo‘yicha reaksiyasini kuzatamiz. Shundan keyin, ijtimoiy tarmoq ma'muriyatining harakatidan kelib chiqib tegishli qaror qabul qilinadi», — dedi u.
Rossiyada 10 martdan Twitter tarmog‘ining ishlash faoliyati tezligi sekinlashtirilgandi.
Roskomnadzor bayonotida ma'lum qilinishicha, bunday qaror Twitter’ning Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmagani va taqiqlangan kontentni o‘chirmagani sabab qabul qilingan.
Regulyatorning xabariga ko‘ra, Twitter Roskomnadzor o‘chirishni talab qilgan 3168ta taqiqlangan ma'lumotni, shu jumladan, 2569ta «voyaga yetmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirishga chaqiruvchi», 450ta bolalar pornografiyasi bor, 149ta giyohvand moddalar haqidagi ma'lumotni o‘chirib tashlamagan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024