Plastik chiqindilarni «yeydigan» mikroorganizmlar insoniyatga yordamga kelmoqda

Foto: chaiyapruek/Depositphotos
Sayyoramiz bizdan yordam kutishdan charchadi chog‘i, o‘zini o‘zi davolashni boshlayapti. Yer yuzini tobora qoplab borayotgan plastik chiqindilar odamzodga qo‘rqinchli kelajakni va’da qilayotgandek. Biroq insoniyat hozircha bu muammoga yetarli e’tibor qaratmayapti. Okeanlarda plastik chiqindilardan iborat katta-katta orollar vujudga kelib, kun sayin kengayib boryapti. Vaziyat tahlikali tus olayotganini ko‘pchilik his qilmayapti. Shuning uchun ham ona tabiat o‘z himoyasi uchun kurashni boshlab yuborgan.
Olimlar 5 yil avval Yaponiyadagi plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududidagi tuproqdan olingan namunalarda mikroblarning yangi turini kashf qilishdi – ular plastik bilan oziqlanar ekan. Hozirda bunday mikroorganizmlarning yashash makoni tobora kengayib boryapti.
Mikroblar o‘zidan chiqaradigan fermentlar yordamida plastikni chiritishga qodir. Olimlar okeanlar, dengizlar va quruqlikdagi bunday mikroblar DNKsini fermentlar xossasini o‘rganish uchun tadqiq qildilar. O‘rganishlar natijasida 10 turdagi plastikni yemira oladigan 30 mingga yaqin ana shunday fermentlar borligi aniqlandi.
Olingan namunalar bunday fermentlar mavjudligi, zichligi va miqdori quruqlik yoki suv havzasining qanchalik zararlanganligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. O‘rta yer dengizi va Tinch okeanining janubiy sohillarida bunday fermentlar ko‘pligi aniqlangan, chunki aynan shu hududlarda plastik chiqindilar ko‘lami juda katta.
«Tadqiqotlarimiz modellari natijasida hududning zararlanganlik darajasiga ko‘ra unga qarshi turadigan mikrobning kamroq yoki ko‘proq ekanligiga ishonch hosil qildik. Hududda plastik qancha ko‘p bo‘lsa, uni yeydigan biomaterial ham ko‘pligini ko‘rish mumkin. Shu tariqa tabiat insoniyat unga nisbatan o‘tkazayotgan bosimni yengillashtirishga intilyapti», — deydi tadqiqot muallifi Aleksey Jyeleznyak.
Biroq olimlar faqatgina bioorganizmlarga tayanib qolmaslik zarurligini ta’kidlashmoqda. 2018 yilda amerikalik tadqiqotchilar plastmassani 20 foizga ko‘proq va tezroq chiritib yuboradigan sun’iy fermentni ixtiro qilishgandi. Oradan ikki yil o‘tib, ular fermentni yanada kuchaytira olishdi – endilikda bu sun’iy organizmlarning foydalilik koeffitsiyenti 6 baravarga ko‘proq, ya’ni ular plastik chiqindilarni avvalgidan tezroq «yeb qo‘yishadi». Alalxusus, bunday fermentlarni amalda qo‘llash uchun ko‘proq o‘rganishlar va tadqiqotlar talab etiladi, deyiladi 4pda.to saytida chop etilgan maqolada.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025