Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloger Otabek Bakirovga nisbatan ma’muriy ish tugatildi
Taniqli iqtisodchi, jamoatchilik faoli Otabek Bakirovga nisbatan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning da’volari bo‘yicha ma’muriy ish tugatildi.
"Lolazor" podkastidan lavha
Sud yolg‘on axborot tarqatish moddasi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish muddati o‘tib ketganligi sababli, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishni tugatish haqida qaror qabul qildi.
Bu haqda 7 may kuni Yashnobod tuman sudida bo‘lib o‘tgan majlisdan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, MJtKning 36-moddasiga ko‘ra ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. MJtKning 271-moddasi 7-bandiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytiga kelib jazo qo‘llash muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim.
Mazkur ishga metan-shoxobchalarning ish vaqtini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan Auto24 ilovasi haqida Otabek Bakirov bildirgan tanqidiy fikrlar hamda uning Telegram-kanalida energetika muammolari haqida yozgan postlari asos bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
18:16 / 08.05.2026
Sanjar Karimov 5 yilga qamaldi
19:44 / 07.05.2026
Xon Saroy’ning “Bahor Residence” turar joy majmuasi bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. 6 kishi qamoqda
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
22:31 / 05.05.2026