8 may kuni jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida fuqaro Sanjar Karimovga oid jinoyat işi yuzasidan olib borilgan sud muhokamalari yakuniga yetdi.

Sud hukmi bilan Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi, 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Şuningdek, unga BHMning 410 baravari (168 mln 920 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi. 

Jazolar alohida-alohida ijroga qaratilişi belgilandi.

Şuningdek, hukmda jabrlanuvçi Ş. A.ga yetkazilgan moddiy zarar qoplangani e’tirof etildi. Bundan taşqari, jabrlanuvçi Ş. A. va F. R.ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat etiş huquqlari tuşuntirildi.

Hukmdan norozi taraflar tegişli tartibda yuqori sud instansiyasiga şikoyat qiliş huquqiga egaligi qayd etilgan.

Qoçoq «kuyov» işi

35 yoşli Sanjar Karimov maşhur avtobloger bölib, uning Instagram sahifasida 500 mingga yaqin obunaçi bor. 2024 yil noyabr oyida u 4 million dollarlik villasi va 35 ta maşinadan iborat avtoparki borligini aytgan edi.

U voqeasi keng jamoatçilik e’tiroziga sabab bölgan aldangan toşkentlik Jamila Alimbayeva işi böyiça guvoh sifatida qatnaşgan.

Ötgan yil oktyabr oyida Alimbayeva instagramdagi sahifasida özi va oilasi firibgarlik qurboni bölganini ma’lum qilgandi. 

Uning sözlariga köra, otasi bölajak kuyov bilan ötirib suhbatlaşgan, yigit töyni vaqtinça töxtatib turişni, boşqa çorasi yöqligini aytgan. Bunga javoban kelinning otasi töy uçun hamma hozirliklar körib qöyilganini, sarf-xarajatlar bölganini, töxtatib bölmasligini bildirgan. Keyin Şahzod Rismatov pul bilan muammosi borligini aytib, uylarini 12 kun garovga qöyib turişga ruxsat söragan. Jamilaning ota-onasi bunga rozilik bildirgan.