Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov Nyu-York ko‘chasida jangga tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazdi
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabrda meksikalik Alexandro Barreraga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Bu jang hamyurtimiz uchun professional ringdagi to‘rtinchisi bo‘ladi va u jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Madrimovning raqibi ayni kungacha 34 marta jang o‘tkazib, ulardan 29 tasida zafar quchgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Shu munosabat bilan Madrimov hozirda Nyu-Yorkda bo‘lib, o‘z jangiga tayyorgarlikni yakunlamoqda. E'tiborlisi, bokschi 2 oktyabrda Nyu-Yorkning bosh ko‘chalaridan birida mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulot vaqtida Madrimovni ko‘plab o‘zbekistonliklar va muxlislari qo‘llab-quvvatlab turishgan. Bu haqda Milliy Olimpiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Madrimovning Barreraga qarshi jangi mashhur “Medisson Skver Garden” arenasidagi boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi va ahamiyatliligi bo‘yicha qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va ukrainalik Sergiy Derevyanenko o‘rtasidagi bosh jangdan keyingisi hisoblanadi.
Janglar Toshkent vaqti bilan 6 oktyabrda taxminan soat 6 atrofida boshlanadi va “Sport” telekanali orqali namoyish qilinadi.

2018 yil kuzida professional boksga o‘tgan Madrimovning hisobida hozirda 3 ta jangdan 3 ta g‘alaba bor. U WBA Inter-Continental kamariga ega.
Mavzuga oid
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025