Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
Erik Adams Turkiya hukumatiga bog‘liq odamlardan saylov kamapniyasi uchun xayriya mablag‘larini olganlikda gumon qilinayotgan edi.
Federal sudya 2 aprel kuni Nyu-York meri Erik Adamsga nisbatan ochilgan korrupsiya ishini Adliya vazirligi iltimosnomasiga ko‘ra yopdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shu bilan birga, sudya prokurorlarga Nyu-York meri saylovidan keyin jinoiy ishni qayta ochish imkoniyatini bermadi.
AP xabariga ko‘ra, hukm demokrat Adamsga shaharni prezident Donald Trampga yoqadigan tarzda boshqarish yukidan yoki respublikachilar nazoratidagi Adliya departamenti tomonidan qayta ayblanish xavfidan xalos qiladi.
Nyu-York meri Erik Adamsga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov 2024 yil sentabr oyida e’lon qilindi, uning mazmuni ma’lum emas. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Adams Turkiya hukumatiga bog‘liq odamlardan saylov kamapniyasi uchun xayriya mablag‘larini olgan.
The New York Times nashriga ko‘ra, Adams federal ayblov e’lon qilingan Nyu-York tarixidagi birinchi mer bo‘ldi. Adams barcha ayblovlarni rad qilib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026