Uçli, ötkir qirrali, taram-taram çiziqli qora marmar bölagi. Özining oddiyligi bilan mukammal körinadigan bu yodgorlik - AQŞ tarixidagi eng uzoq vaqt davom etgan harbiy kampaniyaning ilk qurboni xotirasiga örnatilgan.

Markaziy razvedka boşqarmasining 32 yoşli ofitseri Mayk Spann 2001 yil noyabrida toliblarga qarşi oğir janglardan biri vaqtida halok bölgandi.

Mayk Spannga yodgorlik

«Erkinlik uçun, Afğoniston uçun, Amerika Qöşma Ştatlari uçun jonini qurbon qilgan qahramon». Toşga ingliz va fors tillarida şu bitik öyib yozilgan.

19 yil ötib Afğonistondan NATO va AQŞ qurolli kuçlarini olib ketişga tayyorgarlik köriş işlari doirasida harbiy obektlarni közdan keçirgan amerikalik va afğonistonlik yuqori martabali zobitlar Mayk Spanni xotirlaşdi.

Ötgan vaqt mobaynida toliblarga qarşi koalitsiyaning 3,5 mingdan ortiq askari hamda 110 mingdan oşiq afğonistonlik halok bölgan. Ammo tinçlikka erişilmagan. Hamon mamlakatda yangi fuqarolik uruşi boşlanib ketişi xavfi saqlanib turibdi.

«Zöravonlik darajasi pasayişi»
«Biz eng yomon variantlarning oldini olişga va voqealar rivojini şunday yönalişga burişga harakat qilyapmizki, Afğoniston hozirgidan beqarorroq vaziyatga tuşib qolmasin, yana fuqarolik uruşi boşlanmasin», deydi Afğonistondagi amerikalik harbiylar boşliği, NATO xalqaro harbiy kontingenti qömondoni, general Skott Miller.

2011 yildan buyon eng kuçaygan davrida bölgan «Tolibon» şu yil fevralidagi AQŞ bilan kelişuvga qaramasdan butun Afğoniston böylab hujumga ötişda davom etmoqda. Göyoki, ular fevralda uruşdan toliqqan va barçasi yana qayta boşlanişini qörquv bilan kutgan afğon xalqiga biroz tin bergandek.

«Zöravonlik darajasi pasayişi kerak. Men toliblardan zöravonliklarni kamaytirişni alohida söradim, bu bir tomonlama bölişi mumkin emas. Hamma tomonlar kamaytirişi kerak», deya takrorlaydi general Miller BBC uçun bergan intervyusida. General fuqarolar va harbiy boşliqlar bilan uçraşuvlarda ötiş jarayonini imkon qadar oğriqsiz ötkaziş masalasini muhokama qilmoqda.

Bir yildan ortiq davom etgan muzokaralardan söng 2020 yil fevralida Dohada imzolangan bitimga köra, AQŞning 4500 nafar, NATOning 6100 nafar askari 2021 yilning mayiga qadar mamlakatdan olib çiqilişi belgilangan.