Prezident matbuot xizmati ta'kidiça, bugungi kunda Özbekistonda 10 mingdan ortiq nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyat yuritayotgan bölsa-da, ularning örni va faolligi sezilmayapti.
«Çunki bu taşkilotlar manfaatlarini ifoda etuvçi, davlat bilan köprik vazifasini bajaruvçi yaxlit tizim yöq.
Hozirda jamoatçilik bilan işlaş tizimi joylarda va sohalarda xalqimizni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib çiqib, hal qilişda natija körsata olmayapti. Köp nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyati rasmiyatçilikdan iborat bölib qolmoqda.
«Mahalla», «Nuroniy», Xotin-qizlar qömitasi kabi yirik birlaşmalardan xalqimiz qanday naf köryapti, ular hayotimizdagi qaysi ötkir masalani kötarib, hal qilişga erişdi, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yöq», – deyiladi xabarda.
Davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş, davlat va jamiyat örtasida özaro yaqin hamkorlik örnatiş maqsadida Jamoatçilik palatasi taşkil etiş taklifini bildirgan edi.
Bugun yiğilişda uşbu palataning asosiy vazifalari, taşkiliy jihatlari ham muhokama qilingan.

«Jamoatçilik palatasi aholi fikrini muntazam ravişda örganib borişi, ularning yeçimini topiş böyiça davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qöyişi zarurligi ta'kidlandi. «Jamoatçilik eşituvi», «jamoatçilik monitoringi», «jamoatçilik ekspertizasi», «jamoatçilik taşabbusi» kabi ta'sirçan nazorat şakllarini hayotga tatbiq etiş muhimligi körsatib ötildi.
Nodavlat notijorat taşkilotlari hamda davlat idoralari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari faoliyatini jonlantiriş, ularga har tomonlama uslubiy kömak beriş ham yangi palata faoliyatining muhim yönalişlaridan böladi.
Şu kabi vazifalardan kelib çiqib, Jamoatçilik palatasining taşkiliy-huquqiy asosini yaratiş, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantiriş böyiça 2020-2021 yillarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş böyiça körsatmalar berildi.
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi faoliyatini takomillaştiriş, jamiyat hayotiga oid muammolarni örganiş va samarali hal etiş böyiça takliflar işlab çiqiş uçun nodavlat notijorat taşkilotlariga grantlar ajratiş masalalariga ham töxtalib ötildi.













