Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida Jamoatçilik palatasini taşkil etişni taklif qildi.
«Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bugungi kunda aholini öylantirayotgan muammolarga davlat idoralari e'tiborini qaratib, özlarining asoslangan takliflarini berib borişlari maqsadga muvofiq böladi.
Bu maqsadlar uçun mamlakat va hududlar darajasida NNTlar bilan ijtimoiy şeriklikni keng yölga qöyib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni köpaytirişimiz kerak. Vazirlik va idoralar ham bir çetda tomoşabin bölib ötirmasdan, bunday ijtimoiy hamkorlik işlarini kengaytirişi lozim.
Şuning uçun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining faoliyatini takomillaştiriş lozim.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatçilikda alohida qiziqiş uyğotadigan öta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilişda jamoatçilik bilan maslahatlar, jamoatçilik eşituvlarini ötkaziş majburiyligini aniq belgilaş kerak.
Jamoatçilik ma'qul desa ma'qul, noma'qul desa noma'qul böladi.
Jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş, davlat va jamiyat örtasida özaro yaqin hamkorlik örnatiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jamoatçilik palatasini taşkil etişni taklif qilaman», – dedi Şavkat Mirziyoyev.













