Prezident matbuot xizmatining qayd etişiça, dunyo miqyosida korrupsiya darajasini örganuvçi Transparency International xalqaro taşkiloti indeksida Özbekiston oxirgi uç yilda 12 poğonaga kötarilgan bölsa-da, hali bu illat barham topmagan.

«Yurtdoşlarimizning fikriça, soğliqni saqlaş, ta'lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, içki işlar, kommunal xizmat sohalarida, şuningdek, fuqarolarni işga qabul qilişda korrupsiya keng tarqalgan.

Misol uçun, tahlillarga köra, soğliqni saqlaş tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Köplab sohalarda davlat xaridlarini amalga oşiriş tizimi oçiq-oşkora emas», – deyiladi xabarda.

Davlat rahbari Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida korrupsiyaning oqibatlari bilan kuraşişdan köra barvaqt oldini olişga ötiş kerakligini ta'kidlab, unga qarşi kuraşişga mas'ul böladigan alohida organ tuzişni taklif qilgan edi.

Bugungi yiğilişda uşbu yangi tuzilmani taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiya darajasi yuqori bölgan sohalarda bu illatdan qutuliş böyiça dastur işlab çiqib, ijrosini taşkil etiş yuzasidan körsatmalar berildi.

«Korrupsiyaga qarşi kuraşişning eng asosiy yöli – davlat organlari faoliyati va iş jarayonlarini şaffof qilişdir. Bunda eng asosiy e'tiborni işga oliş, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar beriş kabi jarayonlarda oçiq-oşkoralikni ta'minlaşga qaratiş lozimligi belgilandi.

Adliya vazirligi va Boş prokuraturaga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda içki korrupsiyaga qarşi çoralarni işlab çiquvçi va amalga oşiruvçi «komplayens nazorat» tizimini joriy etiş vazifasi qöyildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatçilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş tiziminining barça taşkiliy-huquqiy asoslarini işlab çiqib, amaliyotga kiritiş şartligi ta'kidlandi.

Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tuzilmani taşkil etişga doir hujjatlarni işlab çiqiş yuzasidan topşiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oşirişi va muvofiqlaştirişi, balki korrupsiyaga qarşi kuraşişda barça kuç va vositalarga ega bölişi kerakligi körsatib ötildi», deyiladi rasmiy axborotda.