Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab THAYdan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yerusti metrosi qurilish jarayonida D-300 mm va D-1000 mm tarmoqlarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Foto: Shutterstock
«O‘zsuvta’minot» xabariga ko‘ra, shu jarayonda joriy yilning 29 iyun soat 22:00 dan 30 iyun soat 12:00 ga qadar ichimlik suv ta’minoti ayrim manzillarda vaqtincha to‘xtatiladi.
Ichimlik suvi to‘liq to‘xtatiladigan joylar:
- Sergeli tumani Ziyokor mahallasi;
- Nomdanak mahallasi;
- Qorasuv mahallasi, poliklinika;
- Taraqqiyot mahallasi;
- Xonobod mahallasi, maktab va 17 ta ko‘pqavatli uy;
- Qushbegi mahallasi;
- Xonobodtepa mahallasi, hokimlik 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va ishlab chiqaruvchi korxonalar;
- Quruvchilar mahallasi, maktab va bog‘cha;
- Daryo bo‘yi mahallasi, maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, o‘t o‘chirish bo‘linmasi, qabriston, ko‘pqavatli uylar va ishlab chiqaruvchi korxonalar;
- Fayzli mahallasi, bog‘cha;
- Jaloyir mahallasi;
- Qipchoq mahallasi va masjid;
Sergeli tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:
- So‘g‘diyona mahallasi;
- Sofdil mahallasi;
Yangihayot tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:
- Qipchoq mahallasi;
- Yo‘ldosh mahallasi;
- Al-Farg‘oniy mahallasi, ko‘p qavatli uylar;
- Viqor mahallasi, 2 qavatli uylar, maktab va bog‘cha;
- Olchazor mahallasi;
- Do‘stlik mahallasi;
- Chortoq mahallasi, maktab, shprits zavodi va ishlab chiqaruvchi korxonalar;
- Charog‘on mahallasi, ko‘pqavatli uylar va bog‘cha;
- tug‘uruqxona;
- 37-sonli poliklinika;
- KVD, o‘likxona;
- Yangihayot tuman hokimligi, «Dokaxleb»;
- Toshkent mahallasi;
- metall zavodi, 12-avtobuslar saroyi, KNS;
- «Grin park», «Evrika» xususiy bog‘chasi.
Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnika yordamida ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
12:37 / 19.12.2025
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi
17:06 / 17.12.2025
«Suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam» – suv xo‘jaligi vaziri
14:05 / 21.11.2025
Toshkent havosidagi changni kamaytirish: hokimlik yo‘llarga suv sepish bo‘yicha maxsus rejim joriy etdi
13:41 / 21.11.2025