O‘zbekiston | 08:00 / 20.06.2018
8419
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirining endi jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari lavozimlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlariga o‘zgartirildi.

Ular zimmasiga quyidagilar yuklandi:

jamoat tartibini saqlashning, ayniqsa, sutkaning kechki va tungi vaqtida natijadorligini ta'minlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik;

ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘linmalarining samarali va o‘zaro bog‘liq faoliyat yuritishini tashkil etish bo‘yicha vazifalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid