Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi
Ro‘yxat Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan kelishilgan bo‘lib, unda onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan 69 ta dori vositasi belgilangan. Tartib 2027 yildan kuchga kiradi.
Foto: iStock
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Hujjat 2027 yil 1 yanvardan keyin kuchga kiradi.
Ro‘yxat Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan kelishilgan bo‘lib, unda onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan 69 ta dori vositasi belgilangan. Ular qatorida Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol, Ambroksol, Kaliy yodid, Geparin kabi dori vositalari bor.
Reimbursatsiya – xarajatlarni qoplash bo‘lib, surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor buyurgan dorilar xarajatini qoplashni nazarda tutadi. Bunda oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida bemor Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dori vositalarini bepul oladi.
Ushbu dastur doirasida dori vositalarini berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan «Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risida»gi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:14 / 01.05.2026
«Elektron retsept» tizimi bekor qilinmaydi – SSV
18:47 / 24.01.2026
2 mingta dori narxi 40-60 foizga tushirildi - Farmagentlik
12:22 / 08.01.2026
Dori sotib olish uchun retseptni qanday olish mumkin?
09:00 / 21.12.2025