Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati «Elektron retsept» tizimi bekor qilingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Bunday xabarlar tarqalişiga Soğliqni saqlaş vazirligining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirilgan «Elektron retsept» tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş tartibini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisidagi buyruq loyihasi asos qilib keltirilgan.
Vazirlik qayd etişiça, mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligining 2025 yil 15 dekabrdagi 25-son buyruğida «Elektron retsept» tizimi asosida beriladigan dori vositalarining röyxati bosqiçma-bosqiç şakllantirilişi közda tutilgan.
Ya’ni birinçi bosqiçda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uçun elektron retsept majburiy bölişi belgilangan.
Yangi buyruq loyihasida esa Toşkent şahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)da joylaşgan barça tibbiyot taşkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga töliq ötkazilişi nazarda tutilmoqda (alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovçi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan boğliq jarayonlar bundan mustasno).












