O‘zbekiston | 11:00 / 03.06.2026
964
5 daqiqa o‘qiladi

Ko‘rgazmalar imkoniyatlar yaratadi: Iteca Exhibitions kompaniyasining 2026 yil bahor mavsumi natijalari

Bugun butun dunyoda 2026 yilgi Global Exhibitions Day (GED) – tashkilotchilar, biznes hamjamiyati va soha hamkorlarini birlashtirgan ko‘rgazma sanoati professional bayramni nishonlanmoqda. 2026 yilda Jahon ko‘rgazmalar kuni «Exhibitions drive opportunities» - "Ko‘rgazmalar imkoniyatlarni yaratadi" shiori ostida o‘tkaziladi, unda ko‘rgazmalarning iqtisodiy rivojlanish, xalqaro hamkorlik, investitsiyalar va biznes aloqalaridagi roli ta’kidlanadi.

Foto: Iteca Exhibitions

Ushbu shior, ayniqsa, tarixi O‘zbekistonda zamonaviy ko‘rgazma bozorining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Iteca Exhibitions kompaniyasi faoliyatini aniq aks ettiradi. 1995 yilda xalqaro ko‘rgazmalarini o‘tkazishni boshlagan kompaniya O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazmalarning birinchi professional tashkilotchisiga aylandi va aslida milliy ko‘rgazma sanoatining shakllanishida yetakchi o‘rinni egalladi. Yillar davomida kompaniya mamlakat ko‘rgazma sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi, ko‘rgazmalarning iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilishning samarali vositasi sifatidagi rolini namoyish etdi.

Bugungi kunda Iteca Exhibitions ko‘rgazma brendlari xalqaro tadbirlar taqvimida mustahkam o‘rin egalladi va har yili butun dunyodan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, investorlar, tegishli vazirliklar, soha uyushmalari va ekspertlarni birlashtiradi. 2007 yildan beri UFIʼning O‘zbekistondagi birinchi to‘liq a’zosi sifatida Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma standartlarini izchil joriy etib, O‘zbekiston ko‘rgazma bozorining global biznes makoniga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniyaning bir qator ko‘rgazmalari UFI Approved Event maqomiga ega — bu global ko‘rgazma sanoati standartlariga muvofiqlikning xalqaro miqyosda tan olinishidir. Ular orasida mintaqadagi asosiy sanoat platformalari bo‘lgan va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi biznes imijini shakllantiradigan UzBuild, TIHE, CAITME va OGU ko‘rgazmalarini aytib o‘tsa bo‘ladi.

Iteca Exhibitions kompaniyasining Jahon ko‘rgazmalar kuniga 2026 yil bahorgi mavsumining ta’sirchan natijalar bilan yaqinlashgani ramziy ma’noga ega. Bu bahorda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida — qurilish va agrosanoat sektoridan tortib, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, suv xo‘jaligi, mebel va yog‘ochsozlik, go‘zallik sanoati, energetika, neft-gaz kompleksi va to‘qimachilikkacha  — 12 ta xalqaro ko‘rgazma, to‘rtta nufuzli anjuman va bir qator seminar va mahorat darslari o‘tkazildi. Tadbirlarda 53 mamlakatdan jami 2 981 ta kompaniya va brend, 302 nafar spiker va moderator, 4 462 nafar delegat ishtirok etdi va tashriflar soni 63 ta mamlakatdan 77 278 tani tashkil etdi.

Ushbu tadbirlarning har biri GED 2026 shiorining amaliy tasdig‘i bo‘lib xizmat qildi - ko‘rgazmalar real imkoniyatlar yaratadi:

  • ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun: yangi bozorlarga kirish va hamkorlar topish;
  • investorlar uchun: hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini kashf etish;
  • mutaxassislar uchun: ilg‘or texnologiyalar va ekspert bilimlaridan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritish;
  • iqtisod sohalari uchun: modernizatsiya va xalqaro hamkorlikni jadallashtirish.

Ko‘rgazma platformalarining rivojlanish vositalari sifatidagi ahamiyati ham hukumat darajasida, ham tadbir ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston energetika haftaligi davomida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bu shunchaki sanoat tadbiri emas, balki hamkorlik aloqalari shakllanadigan, shartnomalar tuziladigan, texnologiyalar taqdim etiladigan va investorlar real imkoniyatlarni ko‘radigan ishchi platforma ekanligini ta’kidladi.

Bahorgi ko‘rgazmalar mavsumini sarhisob qilar ekanmiz, Jahon ko‘rgazmalar kunining "Ko‘rgazmalar imkoniyatlar yaratadi" shiori va xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasining “Iteca Exhibitions O‘zbekiston iqtisodiyotiga xizmat qilishdan faxrlanadi!" shiori qanchalik uyg‘un ekanini ishonch bilan ta’kidlash mumkin.

Har bir ko‘rgazma loyihasi ortida yangi ishbilarmonlik aloqalari, investitsiya loyihalari, texnologik yechimlar va xalqaro hamkorliklar turadi. Aynan ko‘rgazmalar biznes, iqtisodiyot tarmoqlari va professional jamoalar uchun yaratadigan ushbu imkoniyatlar iqtisodiy o‘sishning haqiqiy drayverlariga aylanmoqda.

Oldinda yangi loyihalar, ishtirokchilar va o‘sish hamda hamkorlik imkoniyatlarni taqdim etadigan kuzgi ko‘rgazmalar mavsumi.

 

Iteca Exhibitionsʼning bo‘lajak tadbirlari haqidagi barcha ma’lumotlar shu yerda mavjud.

Yangiliklarni kuzatib boring va kuzgi ko‘rgazma mavsumining muhim lahzalari markazida bo‘ling!

Sizning biznesingiz butun dunyo bilan aloqada!

www.iteca.uz       Tel. 71 205 18 18

Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid