Tadbir taşkilotçilari – Iteca Exhibitions xalqaro körgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Aquatherm® Tashkent körgazmasi sanoatning yangi mahsulotlari bilan tanişiş, yetakçi işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar bilan muloqot qiliş, biznes va hamkorlik aloqalarini örnatiş, foydali kelişuvlar tuziş, şuningdek, isitiş, ventilyatsiya va konditsionerlaş (HVAC/R), santexnika, basseynlar uskunalari va sanoatining sönggi tendensiyalari va trendlaridan xabardor böliş uçun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

 

Körgazmaga beydjni https://bit.ly/ATT-Kun havolasi orqali oliş mumkin.

Bu yil 10 mamlakatdan 150 dan ortiq eksponentlar öz iştirokini tasdiqladilar: Belarus Respublikasi, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarboyjon, Polşa, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Özbekiston.

Turkiya Havoni konditsionerlaş sanoati eksportçilari uyuşmasi (İSİB) tarkibida 17 ta eksport qiluvçi kompaniyalar mavjud bölib, ular konditsionerlaş tizimlari, ventilyatsiya tizimlari uçun sanoat uskunalari, elektr generatorlari, suvni tozalaş kimyoviy moddalari va boşqa xizmatlarni taqdim etadi.

Rossiya Federatsiyasi Moskva va Çelyabinsk viloyatlarining jamoaviy stendlarida quvurlar, quvur armaturalari, pölat va jyez şarsimon kranlar, quvursimon elektr isitgiçlar va boşqa mahsulotlarning keng assortimenti taqdim etiladi.

Isitiş va suv ta’minoti tizimlari, suv nasoslari, suv ta’minoti, gaz ta’minoti, yoğ ta’minoti, isitiş va sovutiş tizimlari uçun quvurlar, alyuminiy radiatorlar, sovutiş moslamalari, freonlar, suv hisoblagiçlari, kondensatorlar va köplab boşqa mahsulotlarni namoyiş etadigan Xitoy kompaniyalarining keng iştirokini ta’kidlaş joyizdir.

24 mahalliy kompaniya turli xil nasos uskunalari, mis quvurlar, issiq suv va buğ qozonlari, pölat quvursimon radiatorlar, iqlim hosil qiliş tizimlari, santexnika va boşqalar bilan taniştiradilar.