Iteca Exhibitions xalqaro körgazmalar kompaniyasi özining 27-körgazma mavsumini yakunladi. 2022 yilda kompaniya uçun muhim voqealardan biri Butunjahon körgazma sanoati uyuşmasi (UFI) a’zolik maqomini yangilaş edi. Bu kongress va körgazma tadbirlarini taşkil qilişda faqat xalqaro standartlar bilan işlaydigan mamlakat körgazma sanoatining yetakçisi bölgan kompaniyaning maqomini tasdiqlaydi.

Foto: Iteca Exhibitions

Yil boşidan uşbu mavsum qiyin va şu bilan birga sermahsul bölişi uçun barça asoslar mavjud edi. Barça rejalaştirilgan loyihalar amalga oşirildi. Şunday qilib, Iteca Exhibitions kompaniyasi ICA Eurasia va Congresses of Central Asia – CCA xalqaro kompaniyalari bilan hamkorlikda soğliqni saqlaşdan tortib to toğ-kon va metallurgiyagaça bölgan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barça asosiy tarmoqlarini qamrab olgan 19 ta körgazma loyihasini muvaffaqiyatli amalga oşirdi: UzBuild, AgroWorld Uzbekistan, UzFood, TIHE, AptekaExpo Central Asia, Stomatology Uzbekistan, MebelExpo Uzbekistan, UzTextile Expo Bahor, OGU, Power Uzbekistan, CAITME, Aquatherm Tashkent, Plastex Uzbekistan, O’ZuPack – ÖZBEKinPRINT, UzE-TechExpo, UzTextile Expo Kuz, MiningMetals Uzbekistan, TransLogistica Uzbekistan, Securex Uzbekistan.

Foto: Iteca Exhibitions
Foto: Iteca Exhibitions

Şuningdek, xalqaro anjumanlar va forumlar muvaffaqiyatli ötkazildi: Quriliş sanoati xalqaro anjumani – ICCI, Özbekiston xalqaro energetika anjumani, Özbekiston xalqaro toğ-konçilik forumi – UIMF.

Foto: Iteca Exhibitions
Foto: Iteca Exhibitions

Körgazmalarga 80 520 kişi, şu jumladan 51 mamlakatdan 7 740 çet ellik mutaxassislar taşrif buyurişdi. Taşrif buyuruvçilarning aksariyati Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Qirğiziston va Turkiyadan edi.